Jibuti Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi mahalliy telekanallarga asoslangan holda xabar berdi.

"Jibuti Eron bilan diplomatik munosabatlarni töxtatdi", deyilgan telekanallardan birida davlat amaldoriga asoslangan holda.

Bundan oldinroq, Saudiya Arabistoni Erondagi öz elçixonasiga uyuştirilgan hujum BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan körib çiqilişini söragandi.

Şu tariqa, Saudiya Arabistoni ortida Eron bilan aloqalarini uzgan mamlakatlar safi 3taga yetdi: Bahrayn, Sudan va Jibuti. BAA va Kuvayt esa Tehrondagi elçilarini çaqirib olgan. Malayziya Erondan öz hududidagi diplomatlar xavfsizligini ta'minlaşni talab qilgan.