Bir neça yillar oldin özining rep yönalişidagi qöşiqlari bilan tanilgan Şoxrux nima uçun özbek estradasida körinmay qolgani sababi haqidagi taxminlarga munosabat bildirib ötdi.

U instagramdagi sahifasi orqali quyidagilarni ma'lum qilib ötgan:

“Men haqimda turli xil miş-mişlar yuribdi, eşitişimça, men estradaga çiqişim uçun litsenziyamdan mahrum bölgan ekanman. Lisenziyamni har 3 oyda yangilab turaman. Köp yillardan beri estradaga çiqmasligimning sababi, erkak kişiga 40 hunar kam deyilganidek, özimga yaraşa boşqa işlarim ham bor. Şuning uçun, musiqa oxirgi darajali bölib qolgan. Musiqa men uçun hobbi ekanligini birinçi marotaba estrada sahnasiga çiqqanimda ham aytganman. Böş vaqtlarimda musiqaga vaqt ajratib turaman, bu narsani meni kuzatayotgan muxlislar juda yaxşi bilişadi. Har-xil yolğon gap tarqatadigan ba'zi bir ommaviy axborot vositalariga maslahatim, nimadir gapirişdan oldin menga öxşab dalillar keltirişsin va gapiga javob berişsin. "Özbeknavo" estrada birlaşmasi heç qaçon, heç kimni öz-özidan litsenziyadan mahrum qilmaydi va şunday qilingan holatda ham ular faqatgina qaysidir estrada vakili tomonidan qilingan xatoliklari bölsa, öşa işni qonun doirasida körib çiqib, şunga yaraşa qaror qabul qilişadi!”

Şoxrux, şuningdek, har 3 oyda yangilab turadigan litsenziyasining suratlarini ham havola etgan.

Qayd etiş kerakki, Şoxrux sönggi vaqtlarda xonandalar Manzura va Şahzoda bilan duet taronalar kuylab, yana köriniş bermoqda.