Toşkentda mijozidan firibgarlik yöli bilan 4 ming dollar olgan folbin qölga tuşirildi. Bu haqda “Na postu” gazetasi yozmoqda.
Aytilişiça, Sofya Marsovna Ramiullina uzoq yillar davomida qahva quyqasida fol oçib kelgan. Tabiiyki, u oçayotgan foliga, qilayotgan başoratlariga özi ham işonmas, ammo sodda mijozlarini şu yöl bilan aldab ulardan, pul undirar edi.
Bir safar unga keksa Tatyana Vitalevna ismli ayol murojaat qilib, çet eldan kelgan qarindoşiga vaqtinçalik yaşaş ruxsatnomasi olişi lozimligini, şuningdek, kvartirasini öz nomiga ötkaziş bilan boğliq muammolari borligini aytib, şu böyiça fol oçişni iltimos qilgan.
Ramiullina uni turli yöllar bilan aldab, “yölida tösiqlar” borligiga işontirgan va hokimiyatda “işini hal qilib beriş” bahonasida 4 ming dollar undirgan. Sodda ayol firibgarga bu pullarni keltirib bergan.
Bir neça oylardan söng ham natijaga erişa olmagaç, töğri hokimiyatga borib, Sofya ismli ayoldan pul berib yuborganini aytgan. Bu sözlardan hayron bölgan hokimiyat xodimlari unga tegişli idoralarga murojaat etişni tavsiya qilişgan.
Şunda aldanganini tuşungan ayol militsiyaga murojaat etgan.
IIV xodimlari qallobni qölga olib, sudga topşirdi.






