“Yulduzlar jangi: Kuçning uyğonişi” filmi nafaqat kinoprokatlarda yetakçilik qilmoqda, balki pul yiğiş borasida ham yagona peşqadamlik qilmoqda. Bu haqda kartina huquqlariga egalik qiluvçi Disney kompaniyasi vakillari ma'lum qilişgan.
Rejissyor Jyey Jyey Abramsning bu filmi namoyişga çiqarilganidan 20 kun ötib, AQŞda pul yiğiş böyiça rekord örnatgan, Kemeron işlagan "Avatar" filmi natijasini (760,5 mln dollar) yangilaşga ulgurdi.
Bir neça kun oldin "Yulduzlar jangi-7" AQŞda pul yiğiş borasida Kemeronning boşqa bir filmi “Titanik”ni ortda qoldirib, ikkinçi öringa kötarilgandi.
Film xalqaro prokatda 1.6 milliard dollar yiğib, bu borada yettinçi örinda ketmoqda. "Avatar"ning xalqaro miqyosdagi natijasi esa 2,8 mlrd dollarga teng.
“Yulduzlar jangi” filmi birinçi "uik-end"da 500 mln dollardan köproq mablağ yiğdi
“Yulduzlar jangi” filmi rekord tezlik bilan 1 mlrd dollar pul yiğdi
"Yulduzlar jangi-7" AQŞda pul yiğiş borasida “Titanik”ni ortda qoldirdi






