“Rossiya 1” telekanali prodyuseri Yuliya Bondaryova muxlisi va eski tanişi Denis F. tomonidan beayov kaltaklandi.
Aytilişiça, Yuliya singlisi bilan birga Yessentukiga komandirovkaga borgan. U yerda ular Denisning uyida töxtaşgan. 38 yoşli erkak ilgari bir neça bor Yuliyaga turmuş qurişni taklif qilgan, ammo har safar rad javobini olgan. Bu safar ham u özini ğalati tuta boşlagan, şu bois ayollar 4 yanvardan 5 yanvarga ötar keçasi uning uyidan ketişga qaror qilişgan.

Qurbonning singlisi Oksana Bondaryovaning hikoya qilişiça, ularning ketiş qarori haqida eşitgan erkak Yuliyaga taşlanib, kiyimlarini yirtib taşlagan, yerga yiqitgan va tepkilay boşlagan. Oksana opasini taşqariga olib çiqib ketişga muvaffaq bölgan, söng politsiya va tez yordamga qönğiroq qilgan.
Yuliya uç kundan buyon şahar şifoxonasida yotgani aytilmoqda. Unga bir neçta plastik operatsiya va hatto boş suyagi trepanatsiyasi talab qilinişi mumkin. Denis şifoxonaga kelib, opa-singillari arizalarini qaytarib olişlari uçun 130 ming rubl taklif qilgan. Keyinroq u politsiya tomonidan qölga olingan va aybiga iqror bölgan.






