“Keles” temir yöl çegara bojxona posti xodimlari tomonidan Rossiya Federatsiyasidan kirib kelgan yölovçi poyezdini bojxona nazoratidan ötkaziş çoğida fuqaro B.Alimov (maqoladagi barça ism-şariflar özgartirilgan) tomonidan yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan va bojxona xodimining oğzaki sörovi paytida ma'lum qilinmagan 2 ming quti “Parliament” sigaretlarining noqonuniy olib kirilişiga çek qöyildi. Bu haqda Toşkent şahar bojxona boşqarmasi Axborot xizmati Kun.uz saytiga xabar qildi.

Xorijda işlab çiqarilgan va Özbekiston aksiz markalari bilan markalanmagan uşbu tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati salkam 29 mln. sömni taşkil qilar ekan. Qonunbuzar bu bilan kifoyalanmasdan, qiymati 21 mln. sömlik 37 turdagi parfyumeriya mahsulotlari va boşqa tovar-moddiy boyliklarni ham noqonuniy tarzda olib kirişga uringan paytda foş qilindi.

Şuningdek, boşqarma xodimlari tomonidan fuqaro Ş.Xolboyevning qinğir qilmişlariga nuqta qöyildi. Uşbu şaxs noqonuniy ravişda olib kirilgan hamda Özbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan markalanmagan qiymati 11,5 mln sömlik 880 quti “Parliament” va “Parliament carat” nomli tamaki maxsulotlarining bojxona rasmiylaştiruvini tasdiqlovçi bironta ham hujjatni taqdim qila olmadi.

Bojxona xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar N.Nuraliyeva hamda M.Eşçonovalar amaldagi tartiblarga muvofiq közdan keçirilganida, ularning yonida tegişli hujjatlari bölmagan 4 turdagi 270 quti tamaki mahsulotlari borligi foş qilindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ta'kidlaş joizki, ötgan 2015 yil davomida Toşkent şahar bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda salkam 600 ta bojxona qoidabuzlarliklari foş qilinib, qiymati 10 mlrd. sömdan ortiq bölgan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib ötilişiga çek qöyildi.

Ma'lumot uçun, respublikamizda tamaki mahsulotlarini işlab çiqariş, import qiliş, saqlaş, taşiş va sotiş ustidan samarali davlat nazorati örnatilgan bölib, bu mazkur turdagi tovarlarning yaşirin tarzda işlab çiqarilişi yoxud respublikamiz hududiga olib kirilişining oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Şu maqsadda, 1996 yilning 1 oktabridan boşlab Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilayotgan va uning hududiga olib kelinayotgan tamaki mahsulotlarini belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan majburiy markalaş tartibi joriy etilgan. Mazkur tartiblarga rioya qilmasdan tamaki mahsulotlarini yurtimizga olib kiriş, aksiz markalarini yopiştirmagan holda taşiş (xalqaro tranzitdan taşqari), saqlaş va sotiş ta'qiqlanadi.

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 13 martda 412-son bilan röyxatga olingan “Özbekiston Respublikasi hududiga jismoniy şaxslar tomonidan aksiz soliği solinmay olib kiriladigan tovarlarning miqdoriy çeklangan normalari”ga muvofiq, jismoniy şaxslar yölovçi bojxona deklaratsiyasining tegişli bandida qayd etgan holda, 10 qutigaça tamaki mahsulotlarini bojxona çegarasidan erkin olib ötişlariga ruxsat etiladi.

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyiş, aksiz markasiz yohud boşqa davlatlarning aksiz yorliğiga ega bölgan tamaki mahsulotlarining olib kirilişining oldini oliş bojxona organlari zimmasiga yuklangan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Toşkent şahar bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlarining bojxona çegaralari orqali noqonuniy olib ötilişining oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Şu örinda Toşkent şahar bojxona boşqarmasi fuqarolarga bojxona qonunçiligi buzilişiga doir holatlar yoki bojxona xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan 120-76-76 işonç telefoniga qönğiroq qilişlari mumkinligini eslatadi. Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi.