Germaniyaning Kyoln şahrida Yangi yil keçasi ayollarga uyuştirilgan hujumlarda iştirok etgan muhojirlar öz pasportlarini yirtib taşlab, politsiya ularni qölga ololmasligini, çunki mamlakatga ular kansler Angela Merkel tomonidan taklif qilinganini aytişgan. Bu haqda Bild naşri yozmoqda.

Naşrning ta'kidlaşiça, Kyoln sobori oldidagi maydon va şahar vokzali binosida sodir etilgan zöravonliklar politsiyaning bu borada kuçsizligini körsatib bergan.

U yerda zörlik va öğrilik sodir etgan muhojirlar narkotik va spirtli içimliklar ta'sirida bölib, olomonga qarata petardalar va şişalar uloqtirgan, ayollarning sumkalarini tortib olgan. Voqea joyida bölgan politsiya xodimlari aholini maydondan evakuatsiya qiliş qaroriga kelgan.

Ammo şundan söng jinoyatçilar guruhlarga bölinib, şaharning turli çekkalarida zöravonlik va talonçilikni davom ettirgan.Ta'kidlanişiça, muhojirlar huquq-tartibot organlariga nisbatan hurmatsizlik körsatib, ular bilan bahsga kirişişgan. Ayrimlari qöllaridagi vaqtinçalik guvohnomalarni yirtib taşlab, ertagayoq yangisini ololişini aytgan.