Britaniyalik juftlik Lora va Riçard Jak özining ölgan itini klonlaştiriş uçun olimlarga 67 ming funt sterling töladi, deb xabar bermoqda Sky News naşri.

Juftlikning boksyor zotidagi iti boş miya ösimtasi tufayli ötgan yil ölgan. Juftlikning ta'kidlaşiça, seullik olimlar itning DNKsidan ikkita kuçuk bolani klonlaştira olişgan.

“Men ular xuddi Dilanning aynan özidek bölişlarini istamayman. Boşqa odamlar bu pullarni boşqa maqsadlar uçun işlatişlari mumkin edi, biroq biz şuni istadik”, deb aytdi Lora.

Ma'lum qilinişiça, yaqin orada juftlik kuçukçalarni özi bilan olib ketişi mumkin.