Janubiy Koreya qirğoqlari yaqinida yapon yölovçi kemasining suv osti qanoti, taxminlarga köra, kit bilan töqnaşib ketişi natijasida tört kişi jarohatlandi. Bu haqda Yaponiya va Janubiy Koreya OAV xabar tarqatdi.

Janubiy Koreyaning Pusan portidan Fukokuga yöl olgan tezsuzar "Beetle" kemasi (suv siğimi 164 tonna) soatiga 55 kilometr tezlikda ketayotganida kit bilan töqnaşib ketgan.
Kiodo agentligining ma'lumotiga köra, kema bortida 180 yölovçi bölgan.

Janubiy Koreyaning Ryonhap agentligi esa yiqilib tuşiş yoki zarbalar oqibatida tört kişining jarohatlanganini ma'lum qildi. Kemaning özi esa jiddiy şikastlanmagan, biroq Pusandagi portga qaytgan, jabrlanganlar şifoxonaga yetkazilgan.