Latviyaning AirBaltic milliy aviakompaniyasi yil yakunlariga köra ketma-ket ikkinçi yil jahondagi eng punktual aviakompaniya deb topildi. Bundan aviatsiyaga tegişli ma'lumotlar sohasida jahon yetakçisi hisoblanadigan OAG kompaniyasining ma'lumotlari guvohlik bermoqda. Kompaniya 50 mln dan köproq parvozni tahlil qilib, jahonning eng yaxşi aviakompaniyalari röyxatini tuzdi.
Aviakompaniya matbuot xizmatining 7 yanvarda ma'lum qilişiça, OAG ma'lumotlariga köra, AirBaltic 2015 yilda Boltiqböyi davlatlarini Yevropa, Yaqin Şarq, Rossiya va MDHdagi manzillar bilan boğlovçi reyslarda 94,4 foizlik punktuallik, ya'ni manzilga öz vaqtida yetib boriş körsatkiçiga erişgan. Bu, aviakompaniya 10 ta reysdan 9 tasidan köpida manzilga öz vaqtida yetib kelişini anglatadi.
“Bizning mijozlar barqaror tartibli xizmatga işonsalar böladi. Bu yildagi reytingning yetakçi öntaligida ötgan yildagiga nisbatan kamroq sonda yevropalik aviataşuvçilar bor bölgani uçun biz AirBaltic jamoasi ikkinçi yil bunday natijaga erişayotganidan faxrlanamiz”, deb aytdi aviakompaniyaning ijroçi direktori Martin Gauss.
“Aviakompaniyalar va aeroportlarning punktuallik körsatkiçi aviatsiya sohasida muhim rol öynaydi va kelgusida bu sohada ijobiy özgarişlar yaratişi mumkin. AirBaltic’ning butun jamoasiga ulkan tabriklarimizni bildirib qolamiz: reytingda bir marta yutiş – bu a'lo natijadir, biroq bizning sohada bunday ğalabaga ketma-ket ikkinçi yil erişiş – bu qoyilmaqom natijadir hamda kompaniya rahbariyati va barça xodimlarining öz işining ustalari ekanligining tasdiğidir”, deb aytdi öz navbatida OAG ijroçi vitse-prezidenti Djon Grant.
AirBaltic aviakompaniyasiga 1995 yilda asos solingan. Kompaniyaning asosiy aksiyadori Latviya davlati hisoblanadi, u kompaniyaning 99,8 foiz uluşiga ega. Aviakompaniya parkida hozirgi kunda 12 ta Boeing 737 va 12 ta Q400 NextGen markasidagi Bombardier samolyoti bor. Aviakompaniya Rigadan 60 dan köproq manzilga töğridan-töğri reyslar amalga oşiradi.






