“Özbekiston havo yöllari” MAK Özbekiston şaharlaridan Moskvaga amalga oşiriladigan qatnovlarga maxsus pasaytirilgan tariflar muddati 29 fevralgaça uzaytirilganini ma'lum qildi.

Kompaniya axborot xizmatining ma'lum qilişiça, pasaytirilgan tariflar böyiça aviaçiptalarni sotiş muddati 29 fevralgaça uzaytirilgan. Maxsus tarif muddati 2016 yilning 20 mayga qadar belgilangan.

Tariflar Toşkent, Samarqand, Buxoro, Qarşi, Farğona, Namangan va Andijon şaharlaridan Moskvaga yöl olganlar uçun amal qiladi.

Termiz—Moskva yönalişida bir tomonga minimal tarif – 118 yevro, boriş-qaytiş yönalişida minimal tarif – 246 yevroga teng.

Boşqa şaharlarda bir tomonga minimal tarif – 109 yevro, boriş-qaytiş yönalişida minimal tarif – 224 yevro.

Avvalroq maxus tarif muddati 2016 yilning 20 yanvariga qadar davom etişi xabar qilingan edi.