Bugungi kunda hayotni maişiy texnikasiz tasavvur etib bölmaydi. Ular kundalik hayotni qulay, işimizni oson qiladi. Ammo har qanday texnika ham vaqti kelib ta'mirga muhtoj bölib qoladi. Ijtimoiy tarmoqda va odamlar orasida Toşkentda maişiy texnika buyumlariga xizmat körsatuvçi onlayn servis işga tuşirilişi haqida xabarlar tarqaldi.

Tahririyat bunday xabarlarga aniqlik kiritiş maqsadida bu xabarlar bilan birgalikda nomi tilga olinayotgan "Texno-markaz" firmasi vakili bilan aloqa boğladi va öz savollarini berdi.

Ma'lum bölişiça, haqiqatda ham şunday onlayn servis markazini taşkil etiş rejasi mavjud va bu Özbekistonda yagonaligi va birinçiligi bilan ajralib turişi möljallangan.

Rejaga köra, bu xizmat orqali muzlatkiçi, televizori yoki kir maşinasi buzilib qolgan kişilar heç qayerga borib ovora bölmasdan, yuqori sifatli texnik xizmatlardan foydalanişlari mumkin böladi.

"Texno-markaz" Özbekistondagi oliy toifali birinçi va yagona onlayn servis markazi bölib, maişiy texnika ta'mirining noan'anaviy uslubini taklif etadi", deydi firma vakili.

Manbaning bildirişiça, birdan buzilib qolgan televizor, kir maşinasi, çangyutgiçni taşqariga çiqmay tuzatiş imkoni faqat şu xizmat orqali taklif etilib, buning uçun servis markazi onlayn murojaat etiş kifoya qiladi.

Qolaversa, ta'mirlanayotgan har qanday maişiy texnika örniga ta'mirlaniş vaqti davomida mijozga boşqa maişiy texnika taklif etiladi. Ya'ni, muzlatkiç buzilib qolganida, xizmat xodimlari uni olib ketişadi va u tuzalguniça foydalanib turiş uçun boşqa muzlatkiç keltirişadi.

Mijozlar xizmat bilan onlayn tizimi orqali istalgan paytda boğlanişi, maişiy texnika turiga köra, ta'mirga qança vaqt ketişini, şuningdek ta'mir narxini aniq bilib olişi mumkin.

Şuningdek, onlayn tizim orqali maişiy texnika kim tomonidan ta'mirlanişini aniqlaş ham mumkin böladi. Bunda xizmat körsatuvçi mutaxassis haqidagi ma'lumotlar servisga joylaştirilgan böladi va mijoz özi qaysi xodimning xizmatidan foydalanişni mustaqil ravişda tanlaş imkoniga ega böladi.

Mutaxassis mijoz istagan paytda belgilangan joyga boradi.

Ta'mirtalab maişiy texnikanni mutaxassis közdan keçirib, nosozlikni aniqlaşi va yul xarajatlari uçun tölov olinmaydi.