Toşkent şahridagi Inha universiteti maktab, litsey va kollej öqituvçilari örtasida ötkazilgan matematika tanlovi ğoliblarini e'lon qildi.
Maktab, litsey va kollej öqituvçilari örtasida ötkazilgan matematika tanlovi «Ajoyib matematika festivali» doirasida taşkil etildi.
Tanlov şartlariga köra, maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarida matematika fanidan dars berayotgan öqituvçilar universitet tomonidan taqdim qilingan vazifalarni ingliz tilida yeçişlari kerak edi. Tanlovga kelgan işlarni Toşkent şahridagi Inha universitetining koreyalik mutaxassislari baholadilar.
Tanlov hakamlar hay'atining qaroriga köra, birinçi örinni Toşkent şahridagi Vestminster universiteti qoşidagi akademik litsey öqituvçisi Yelizaveta An qölga kiritdi. Unga planşet kompyuteri topşirildi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litsey öqituvçisi Sardorbek Pirnapasov ikkinçi örin va smartfon ğolibiga aylandi.
Qaşqadaryo viloyatining Kitob şahridagi 3-sonli akademik litsey öqituvçisi Oybek Şarapov uçunçi örinni egalladi. Unga taşqi xotira diski topşirildi.
Tanlov ğolibi Yelizaveta An sözlariga köra, «Ajoyib matematika» festivali matematika öqituvçilari va öquvçilari uçun qiziqarli böldi. «Men tanlovda ğolib bölganimdan xursandman. Bu mening faoliyatim uçun juda muhim», - dedi u.






