“Yovvoyi” laqabli amerikalik aralaş yakkakuraş (MMA) jangçisi Şon Jordan ikki yillik tanaffusdan keyin yana ringga qaytgan rossiyalik jangçi Fyodor Yemelyanenko bilan jang qilmoqçi ekanligini ma'lum qildi.

Jordan öz instagramida “Fyodor aprelda jang ötkazmoqçi ekanligini eşitdim. Skott Koker, oğir vaznlilarning haqiqiy jangi uçun vaqt keldi”, deb yozdi.

Jordan öz xabarida nomini olgan Skott Koker MMA musobaqalarini ötkazuvçi Bellator taşkiloti prezidenti hisoblanadi. 31 yoşli Jordan avval Ultimate Fighting Championship tomonidan uyuştiriladigan janglarda qatnaşgan, biroq uning bu taşkilot bilan şartnomasi yakunlandi. Jangçining statistikasi unça ham qoyilmaqom emas: 25 ta jangdan 18 ta ğalaba (14 tasi nokaut bilan) va 7 ta mağlubiyat (4 tasi nokaut bilan). Jangçi oxirgi jangini 2015 yilning oktabrida Xyustonda (AQŞ) rossiyalik jangçi Ruslan Magomedovga qarşi ötkazgan va hakamlar qarori bilan yutqazgan.

“Oxirgi imperator” laqabli Fyodor Yemelyanenko 2015 yil 31 dekabrda öz faoliyatini ikki yillik tanaffusdan keyin yana boşladi. U Yaponiyaning Rizin FF taşkiloti tomonidan uyuştirilgan musobaqada hind milatiga mansub Jaydip Singxni jangning 4-daqiqasidayoq nokaut bilan mağlub etdi.

Yemelyanenko aralaş yakkakuraşda 2000 yildan beri iştirok etib keladi va 40 ta jang ötkazib, 35 ta ğalabaga erişgan, 4 ta mağlubiyatga uçragan, bitta jangi bölib ötmagan deb topilgan. Fyodor oğir vazn böyiça MMA’ning “Pride FC” versiyasi böyiça 4 karra jahon çempioni, “RINGS” va “WAMMA” versiyalari böyiça 2 karra jahon çempioni hisoblanadi.