Britaniyalik uçuvçi ayol Treysi Kertis-Teylor Farnboro şahridan Avstraliyaning Sidneyigaça bölgan masofani 1942 yilda işlab çiqarilgan biplanda bosib ötdi. Bu haqda u Twitter’dagi mikroblogi orqali xabar qildi.

“Finiş Sidney aeroportida. Kattakon sarguzaşt yakuni, meni qöllab turgan barçaga taşakkur. Yangiliklarni kuzatib boring”, - deb yozdi Kertis-Teylor xonim.

Uç oy muqaddam boşlangan sayohat davomida 53 yoşli ayol 20 ming km masofani bosib ötib, 23 mamlakat havo hududini kesib ötdi, 50 marta yoqilği quyiş uçun töxtadi.

Bu yönalişni ötgan asr 30-yillarida boşqa bir ayol – Emi Jonson bosib ötgan edi. Uning muxlisasi bölgan Treysi Kertis-Teylor öşa sayohat şart-şaroitlarini qayta tiklaş maqsadida eski apparaturadan foydalandi.