2016 yil 8 yanvar kuni soat  1000da Jizzax viloyat Mudofaa işlari boşqarmasi bilan hamkorlikda Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Jizzax viloyat hududiy partiya taşkiloti Kengaşi Ijroiya Qömitasi “Ayollar qanoti” tomonidan «Vatan himoyaçilari-millat ğururi»  mavzuidagi bayram  tadbiri  ötkazildi.

Unda ÖzMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya taşkiloti Kengaşi Ijroiya Qömitasi xodimlari, viloyat Mudofaa işlari boşqarmasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.

Tadbirni ÖzMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya taşkiloti Kengaşi Ijroiya Qömitasi Jamoatçilik bilan aloqalar va OAV yönalişi böyiça yetakçi mutaxassisi Akmal Binokulov olib bordi.

Dastlab, Jizzax viloyat hududiy partiya taşkiloti Kengaşi Ijroiya Qömitasi “Ayollar qanoti” yetakçi mutaxassisi Şapoat Musayeva yiğilganlarga partiyaning maqsad va vazifalari xususida batafsil ma'lumotlar berib ötdi.

Şundan söng, Jizzax viloyati Özbekiston işbilarmon ayollar assotsiyasiya rahbari Nozima Tugalova harbiylarni bayram bilan tabriklab  iştirokçilarga ma'ruza öqidi.

Bugun yoşlarimiz örtasida şarafli va faxrli  kasb-harbiylikka qiziqiş ortib bormoqda. Ayniqsa, ofitser bölib, vatan himoyasidek ezgu işda  fidoyi farzand böliş, yaşamoqlik niyat qilgan soğlom, fikrli yoşlarimiz kun sayin ortib bormoqda. Azal-azaldan har qaysi ota –ona öz bolasinining soğlom va barkamol, aql zakovatli, baxtli bölişini istaydi. Şunday farzandni voyaga yetkaziş, uning hayotda munosib örin egallaşiga  erişiş, ota-onaning eng uluğ, eng muqaddas orzusidir.

Yurtimiz xavfsizligi va barqarorligini, uning hududiy yaxlitligini, çegaralarimiz dahlsizligini, aholimizning tinç va osoyişta hayotini himoya qiliş mamlakatimiz Qurolli Kuçlari zimmasiga yuklatilgan.

Xarbiy xizmatga tayyorlaş tizimini tubdan yaxşilaş hamda zamonaviy talablar darajasida yölga qöyilişiga erişiş, harbiy xizmat nufuzini, Vatan himoyaçisining obro‘-etiborini oşiriş, armiya taşkil etişda kontrakt asosidagi usulning munosib örnini ta'minlaş, çaqiruv komissiyalari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini ta'minlaşning qonunçilik asoslarini yaratiş va takomillaştirişni hayotni özi taqazo etganini alohida ta'kidlandi.

Bayram dasturi yuqori darajadagi bayramona kayfiyat bilan boşlandi va bu kötarinkilik bayram söngigaça davom etdi. Bayramni yanada qizğin va yuqori saviyada ötişida Jizzax viloyat madaniyat va  sa'at boşqarmasining  ham hissasi katta böldi. Huşovoz san'atkorlarning ijrosi  barçaga  manzur böldi.

Tadbir yakunida harbiy xizmatçilarning bir guruhiga ÖzMTDP Jizzax viloyati hududiy partiya taşkiloti  Kengaşi tomonidan ta'sis etilgan  sovğalar bilan berildi.

Şuningdek, öz vazifasini ötaş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilarning oilasidan xabar olinib, ularga ÖzMTDP Jizzax viloyat hududiy partiya taşkiloti Kengaşi Ijroiya Qömitasi tomonidan esdalik sovğalari topşirildi.