«Mançester Yunayted» klubi rahbariyati «Çelsi» jamoasi yarim himoyaçisi Eden Azarni sotib olişga urinib köradi. Bu haqida Daily Star naşri xabar tarqatdi.

Manbada aytilişiça, mankunianliklar belgiyalik futbolçi uçun 100 million yevrodan voz keçişga tayyorlar. 25 yoşli yarim himoyaçi uçun kuraşda «MYu» Madridning «Real» klubi bilan jiddiy raqobatçilik qilişiga töğri keladi.

Qolaversa, öyinçining xizmatlariga «PSJ» hamda «Bavariya» jamoalari ham qiziqişmoqda.

Joriy mavsumda Azar Angliya çempionati hamda Çempionlar ligasi öyinlarida 25 marta maydonga tuşib, 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.