“Olmaliq TMK” AJ ötgan yilda tovar mahsulotlarini amaldagi narxlarda 2 533.1 mlrd söm, taqqosiy narxlarda 2 455.3 mlrd söm hajmida işlab çiqardi. Bu boradagi rejaviy körsatkiçlar 103 va 102.6 foizga bajarildi.

Kombinat matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, tovar mahsulotlari işlab çiqariş sur'atlarining ösişi 2014 yilga nisbatan 107.5 foizni taşkil qilgan.

2015 yilda mis rudasi körsatilgan hajmga nisbatan 101.1 foiz qazib olingan, mis mahsulotlari işlab çiqariş rejaviy vazifalardan 6.2 foizga, metallik rux işlab çiqariş 10.7 foizga, oltingugurt kislotasi çiqariş 6.3 foizga, affinatsiyalangan oltin va kumuş işlab çiqariş 0.3 foizga köproqni taşkil qilgan.

Eksport prognozi 101.4 foizga, şu jumladan, mis mahsulotlari eksporti körsatkiçlari 101.6 foizga bajarilgan.Içki bozorni töldiriş uçun kombinat xalq iste'mol tovarlarini vazifada körsatilgan prognozlarga nisbatan 101.6 foiz işlab çiqargan.