Oxirgi bir neça kundan buyon Yevropa matbuotining asosiy mavzusi Yangi yil keçasi Kyoln şahrida muhojirlar tomonidan ayollarga uyuştirilgan hujumlar bölib qoldi. Qoçqinlar boşpanasidan çiqqan yoşlarning töpolon qilgani va mahalliy ayollarga nisbatan zöravonlik işlatgani şubhasiz. Ammo, ayrim siyosatçilar, jurnalistlar va ekspertlarning fikriça, mazkur voqealarni köpirtirib körsatib, bu orqali öz maqsadlariga erişmoqçi bölgan kuçlar mavjud.
Jumladan, ranglarni yanada qoraytiriş, qoçqinlarga nisbatan nafrat uyğotiş maqsadida axborot maydoni yangidan yangi, biri boşqasidan mudhişroq tafsilotlar bilan boyitilmoqda. Köplab soxta fotosuratlar tayyorlanmoqda yoxud mutlaqo boşqa joylarda olingan tasvirlar “Kyolnda muhojirlarning beboşligi” singari sarlavhalar ostida ijtimoiy tarmoqlar va taşviqiy saytlar orqali tarqatilmoqda.
Rossiyalik bloger Aleksey Kovalyov mana şunday fotosuratlarga e'tibor qaratdi va ularning kelib çiqişini tahlildan ötkazdi.

Birinçi fotoda yuzi aniq körinmagan yoş yigit yonidan ötib ketayotgan ayolga qarab tupurgani aks etgan, ikkinçisida esa bir guruh muhojirlar soçi uzun kişini, taşviqotçilarning uqtirişiça, ayol kişini qurşab olib, unga tegajoğlik qilmoqda. Ta'kidlanişiça, suratlarning birinçisi Şvetsiya poytaxti Stokgolmda, ikkinçisi esa Avstriyada Yangi yil keçasi olingan. Boşqa birovlarning e'tirof etişiça, ular Kyolnda tuşirilgan.

Hattoki maşhur amerikalik aktyor Jyeyms Vuds ham propagandaga aldanib, bu metariallarni Twitter’dagi mikroblogida joylaştirgan.
“Şvetsiya yaxşi hayot qidirib kelgan kişilarga qaynoq quçoğini oçmoqda”, - deb kinoya qilgan san'atkor.
Aniqlanişiça, birinçi fotosuratning Şvetsiyaga ham, Germaniyaga ham, Yangi yilga ham aloqasi yöq: u 2013 yil fevralida Avstriya poytaxti Venada bölib ötgan miting videosidan kesib olingan bir kadrdir.
Har yili özini “Avstriya ozodlik partiyasi” deb nomlovçi faşistik siyosiy taşkilot Venada akademik bal ötkazadi; unda konservativ aslzodalar va faşistlar töplanadi. Partiyaga oid ba'zi faktlar diqqatga sazovordir.
Birinçidan, Ikkinçi Jahon uruşi yillarida partiya natsist Germaniyasi, aynan Vermaxt zobitlari va NSDAP (Germaniya millatçi-sotsialistik işçi partiyasi) bilan yaqindan hamkorlik qilgan: partiya rahbariyatining asosiy qismi ularning a'zolari edi. Ikkinçi Jahon uruşida natsistlar mağlubiyatga uçragaç, barça partiya va tuzilmalar tarqatib yuborildi. Ammo 40-yillar oxirida harakatning sobiq faollari dastlab “Mustaqillar ittifoqi”, söng “Avstriya ozodlik partiyasi” nomi ostida qaytadan birlaşdi. Boş maqsadi sifatida Avstriyada örta va kiçik tadbirkorlikni rivojlantirişni körsatganiga qaramay, taşkilot hozirça faqat yahudiylarni haqorat qilgani bilan keltirib çiqargan janjal orqaligina “maşhur” bölişga ulgurdi.
Ikkinçidan esa, partiya bugungi kunda Rossiya bilan juda yaqin aloqalarga ega. Tuzilma yetakçilari muntazam ravişda Rossiyaga taşrif buyurib, nufuzli tadbirlarda iştirok etişadi, mahalliy matbuotda çiqişlar qilişadi.
Har yili “Avstriya ozodlik partiyasi” öziga xos “Vena akademik bali”ni uyuştiradi. Unda kazo-kazolar şampan vinosi içadi, raqs tuşadi va Gitlerni köklarga kötarib maqtaydi.
Bunday oşkor faşistik ideologiya avstriyaliklarning aksariyat qismi tomonidan qöllab-quvvatlanmaydi. Şu bois venalik yoşlar 2013 yil fevralida bal oqşomida norozilik namoyişi uyuştirib, tadbirning tarqatib yuborilişiga erişgan edi.
YouTube’da e'lon qilingan videoda körinişiça, namoyişçilar faşistlarni haqorat qilgan va boşqa yöllar bilan noroziligini körsatgan. Hissiyotlarga berilib ketgan yoşlardan biri yonidan ötayotgan aslzoda ayolga qarab tupurgan.
Endilikda uşbu videodan tupuriş sahnasi kesib olinib, Kyolnda muhojirlar 2015 yildan 2016 yilga ötar keçasi nemis ayollarini haqorat qilganining isboti sifatida peş qilinmoqda. Aslida esa 2013 yil fevralida Avstriyada tasvirga tuşirilgan bu rolikda birorta ham muhojir qatnaşmagan.
Ikkinçi suratda esa, blogerning aniqlaşiça, darhaqiqat muhojirlar körsatilgan. Ammo u Kyolnda 2015 yilning 31 dekabrida emas, Vengriya poytaxti Budapeştda joylaşgan Keleti vokzalida 2015 yilning sentabrida olingan. Unda Vengriyaga kelgan muhojirlar aks etgan. Poyezdda joy talaşib yoki boşqa sabab tufayli qoçqinlar bir-biri bilan janjallaşib qolgan. Tarğibotçilar tomonidan “muhojirlar qurşovida qolib ketgan kyolnlik ayol” deb körsatilayotgan sariqsoç kimsa aslida erkak bölib, muhojirlardan biridir.

Bu kabi yolğon-yaşiq axborot köp miqdorda yoyilmoqda. Har bir holatni boş-oyoq körib çiqişning imkoniyati yöq, negaki yolğonni foş qiliş yolğon gapirişdan köra köproq vaqt va mehnatni talab qiladi. Şu bois internet foydalanuvçilaridan birinçi navbatda xuşyor böliş, axborot manbalarini sinçiklab tekşiriş talab qilinadi, aks holda ular axboriy uruş qurbonlariga aylanişi mumkin.
Eldor Asanov tayyorladi






