Myanmaning eng yirik şahri bölmiş Yangonning köp qavatli bozorida kelib çiqqan yonğin 1.6 ming dökonni yöq qilib yubordi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Olov savdo markazining yuqori uç qavatini qamrab oldi; u yerda tibbiy va kosmetik dökonlar joylaşgan edi, şuningdek, kiyim-keçak va tekstil mahsulotlari sotilardi. Beşinçi qavatda oziq-ovqat sotilardi.
Taxminiy hisob-kitoblarga qaraganda, yetkazilgan zarar kamida 2.7 mln dollarni taşkil qiladi.
Yonğinni öçiriş bilan 600 kişi va 65 texnika birligi şuğullandi. Ayrim maxsus xizmat xodimlari yonayotgan konstruksiyalar qulaşi oqibatida zarar kördi.
Bozor binosida 2010 yildan buyon ikkinçi yirik yonğin kelib çiqişi.
Yonğin sabablari örganilmoqda.