BAA Eron arab davlatlarining işlariga aralaşayotganiga keskin norozilik bildirib, Arab davlatlari ligasining barça a'zolarini unga nisbatan yagona pozitsiyada turişga çaqirdi. Bu haqda liga taşqi işlar vazirlari uçraşuvida BAA vakili Abdulla bin Zayd al-Nahayyon bayonot berdi.
“Saudiya Arabistonining diplomatik missiyaga uyuştirilgan hujumni keskin qoralaymiz va Eronning Saudiya Arabistoni işlariga aralaşiş siyosatini rad qilamiz, - deyiladi bayonotda. – Barça arab davlatlarini bu masalada yagona pozitsiya egallaşga çaqiramiz”.