11 yanvar kuniga ötar keçasi AQŞning Kaliforniya ştatidagi Los-Anjyeles şahrida «Oltin globus» (Golden Globe Award) mukofotlarini topşiriş marosimi bölib ötdi.

"Beverli Xilton otel" mehmonxonasida ötkazilgan bu marosim öz tarixida 73-böldi.

Mukofotni topşiriş marosimida an'anaga köra köplab serial va kino yulduzlari iştirok etdi.

Unda 25 kategoriya böyiça ğoliblar aniqlanib, 14 nominatsiya böyiça kino, yana 11 nominatsiya böyiça televideniye sohasi vakillari taqdirlanişdi. Marosimdagi asosiy nominatsiyalar "Eng yaxşi film", "Eng yaxşi aktyor" va "Eng yaxşi aktrisa" nominatsiyalari böldi.

Eng yaxşi dramatik aktyor

Di Kaprio uçinçi marta «Oltin globus» mukofotini qölga kiritdi. U«Omon qolgan» (The Revenant) filmi uçun "Eng yaxşi dramatik aktyor" yönalişida taqdirlandi. Ğoliblik uçun nomzodlar orasida Eddi Redmeyn ("Daniyalik qiz"), Maykl Fassbender ("Stiv Jobs") Uill Smit ("Himoyaçi") va Brayan Krenston ("Dalton Trambo") kabi aktyorlar nomi bor edi.

Eng yaxşi dramatik aktrisa

Bri Larson esa «Xona» (Room) kartinasidagi roli uçun "Eng yaxşi dramatik aktrisa" yönalişidagi «Oltin globus» mukofotini qölga kiritdi. Nomzodlar orasida Keyt Blanşett hamda Runi Maroy ("Carol"), Sirşey Ronan ("Brooklyn") va Alisiyey Vikander ("The Danish Girl") nomlarini köriş mumkin edi.

Eng yaxşi dramatik film

«Eng yaxşi dramatik film» yönalişi böyiça «Omon qolgan» (The Revenant) filmi ğolib böldi. Bu film "Xona" (Room), "Diqqat markazida" (Spotlight), "Kerol" (Carol) va "Aqlsiz Maks: Ğazab yöli" (Mad Max: Fury Road) filmlarini ortda qoldirdi. Endilikda bu film "Oskar" mukofotiga ega çiqişi kutilmoqda.

Eng yaxşi komediya aktyori

Amerikalik aktyor Mett Deymon "Marsianin" filmidagi roli uçun "Oltin globus" mukofotiga ega çiqdi.

Maşhur yozuvçi Endi Uir romani asosida rejissyor Ridli Skott tomonidan suratga olingan bu filmda NASA astronavti hamkasblarining aybi bilan kosmosda qolib ketadi va yolğiz holda yaşaş uçun kuraşni davom ettiradi.

Bu nominatsiyada ğoliblik uçun Kristian Beyl hamda Stiv Korell (The Big Short), Mark Ruffalo (Infinitely Polar Bear) va Al Paçino (Danny Collins) kabi aktyorlar raqobat qilişgandi.

Eng yaxşi komediya aktrisasi

Jyennifer Lourens eng yaxşi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotiga ega çiqdi. Bu Lourensning uçinçi «Oltin globus»i böldi.

Bu nominatsiya böyiça ğoliblikka da'vogarlar qatorida Lili Tomlin ("Grandmother"), Emi Şumer ("Trainwreck"), Meggi Smit ("Lady In The Van") va Melissa MakKarti ("Spy") kabi nomlar bor edi.

Ikkinçi plandagi eng yaxşi aktrisa

Keyt Uinslet ikkinçi plandagi eng yaxşi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotini oldi. Keyt Uinslet 73 marta ötkazilgan marosim tarixida törtinçi marta şu mukofotni qölga kiritdi. U bilan ğoliblik uçun Uzo Aduba, Judit Layt, Regina King, Joann Froggatt va Mora Tirni kabi aktrisalar raqobat qilişgandi.

Ikkinçi plandagi eng yaxşi aktyor

Silvestr Stallone "Krid: Rokkining merosi" (Creed) filmi orqali Ikkinçi plandagi eng yaxşi aktyor yönalişida "Oltin globus" oldi.

Unga Pol Dano (Love & Mercy), Idris Elba (Beasts of No Nation), Mark Raylens (Bridge of Spies) va Maykl Şennon (99 Homes ) kabilar raqobat qilişgandi.

Mini-seriallardagi eng yaxşi aktrisa

Ledi Gaga "Amerikaça qörquv tarixi" (American Horror Story) filmidagi ijrosi uçun Mini-seriallardagi eng yaxşi aktrisa sifatida "Oltin globus" oldi.
Bu nominatsiya uçun "Börilar yiğilişi" (Wolf Hall), "Fargo" (Fargo), "Amerikaça jinoyat" (American Crime), "Tana va suyak" (Flesh and Bone) filmlari ham nomzod edi.
Mini-seriallardagi eng yaxşi aktyor sifatida esa Oskar Ayzek "Menga qahramonni körsat" (Show Me a Hero) filmidagi roli orqali "Oltin globus" bilan taqdirlandi.

Eng yaxşi rejissyor

Meksikalik kinoijodkor Alexandro Gonsales Inyarritu "Omon qolgan" (The Revenant) kartinasi orqali "Oltin globus"ning "Eng yaxşi rejissyor" yönalişi böyiça sovrinini qölga kiritdi.

Ötgan yili "Byordman" filmi orqali "Oskar"ga ega çiqqan bu meksikalik rejissyor navbatdagi mukofoti uçun kuraşda amerikalik rejissyorlar Todd Xeyns ("Kerol", Carol) hamda Tom Makkarti ("Diqqat markazida", Spotlight), britaniyalik Ridli Skott ("Marsianin", The Martian) va avstraliyalik rejissyor Jorj Miller ("Aqlsiz Maks: Ğazab yöli", Mad Max: Fury Road) kabi raqobatçilarni ortda qoldirdi.

Eng yaxşi ssenariy

Bundan oldin "Oskar" mukofoti sohibi bölişga ulgurgan amerikalik ssenariynavis Aaron Sorkin "Stiv Jobs" filmi matni uçun "Eng yaxşi ssenariy uçun" "Oltin globus" mukofotini qölga kiritdi.

Bu nominatsiya ğolibligi uçun da'vogarlar orasida Kventin Tarantino "Jirkanç sakkizlik" (The Hateful Eight) hamda "Xona" (Room) kabi filmlar matni muallifi sifatida, şuningdek "Katta qisqariş" (The Big Short) va "Diqqat markazida" (Spotlight) filmlari ssenariynavislari bor edi.

Eng yaxşi dramatik serial

"Mister Robot" (Mr. Robot) seriali "Eng yaxşi dramatik serial" yönalişida "Oltin globus" mukofotini qölga kiritdi. Bu yönaliş ğolibligi uçun "Imperiya" (Empire), "Taxtlar öyini" (Game of Thrones), "Narko" (Narcos) va "Boşqa yurtlik" (Outlander) filmlari ham da'vogar edi.

Eng yaxşi komedik serial

"Junglidagi Motsart" filmi (Mozart in the Jungle) eng yaxşi komedik serial sifatida "Oltin globus" mukofoti bilan taqdirlandi. "Apelsinrang - mavsum xiti" (Orange Is the New Black), "Kremniy vodiysi" (Silicon Valley), "Vitse-prezident" (Veep), "Şartlarsiz" (Casual) filmlari ham bu yönaliş ğolibligi uçun da'vogar bölgandi.

Eng yaxşi musiqa

Tarantinoning "Jirkanç sakkizlik" filmi eng yaxşi musiqa uçun "Oltin globus" bilan taqdirlandi. Film kompozitori, 87 yoşli italiyalik Ennio Morrikone bundan oldin ham "Oskar" mukofotini qölga kiritgandi.

Karantinoning filmi bu yönalişda "Kerol" (Carol), "Omon qolgan" (The Revenant), "Daniyalik qiz" (The Danish Girl) va "Stiv Jobs" (Steve Jobs) filmlarini ortda qoldirdi.

Eng yaxşi komedik film

Britaniyalik rejissyor Ridli Skottning "Marsianin" (The Martian) filmi eng yaxşi myuzikl sifatida "Oltin globus" bilan mukofotlandi. Bu yönaliş uçun raqobatda "Joy" (Joy), "Şpion" (Spy), "Komplekslarsiz qiz" (Trainwreck) va "Katta qisqariş" (The Big Short) kabi nomlarni uçratiş mumkin edi.

Eng yaxşi animatsion film

Pixar studiyasining "Jumboq" (Inside Out) lentasi eng yaxşi animatsion film deb e'tirof etildi.
Pixar studiyasining "Yaxşi dinozavr" (The Good Dinosaur) animatsiyasi hamda "Anomaliza" (Anomalisa), "Snup va kinodagi mayda-çuydalar" (The Peanuts Movie) va "Qöziçoq Şon" (Shaun The Sheep Movie) multfilmi ham şu nominatsiya ğolibligi uçun da'vogar edi.

Xorijiy tildagi eng yaxşi film

«Xorijiy tildagi eng yaxşi film» yönalişida Laslo Nemeşning «Saulning öğli» kartinasi «Oltin globus»ga loyiq deb topildi.

Keyt Uinslet ikkinçi plandagi eng yaxşi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotini oldi

Jyennifer Lourens eng yaxşi aktrisa sifatida «Oltin globus» mukofotiga ega çiqdi

Mett Deymon «Marsianin» filmi uçun «Oltin globus» mukofotini qölga kiritdi

Di Kaprio «Oltin globus» mukofotini qölga kiritdi