Mediamagnat Rupert Merdok va sobiq supermodel Jyerri Xoll turmuş qurayotgani töğrisida e'lon qilişdi, deya xabar bermoqda Merdokka tegişli bölgan The Times naşri.

84 yoşli magnat 20th Century Fox kinokompaniyasi bilan bir qatorda, Fox News telekanali, Dow Jones agentligi, The Wall Street Journal, The Times, The Sun va New York Post gazetalariga ham egalik qiladi. Turli turmuş örtoqlaridan tört qizi va ikki öğli bor.

59 yoşli Jyerri Xoll esa 1970- yillardan XX asr oxirigaça The Rolling Stones guruhi solisti va musiqaçisi Mik Jagger bilan turmuş qurgan va tört farzand körgan.