Hollivud aktyori Leonardo di Kaprio Oltin globus topşiriş marosimidagi harakatlari aks etgan videoni körib, uyalib ketdi, deb xabar beradi BuzzFeed portali.
Internetda paydo bölgan bir rolikda körsatilişiça, di Kaprio marosimda ötirganida uning yonidan Ledi Gaga ötib ketgan va aktyorni “qörqitib” yuborgan. Bu video internetda çinakam xitga aylandi.
Ta'kidlanişiça, uşbu rolikni körgan di Kaprio uyatdan qizarib ketgan. “Bu trendga çiqdimi?”, - deb söragan u jurnalistdan. Söng u aslida nima bölganini tuşuntirib bergan.
“Aslida men yonimdan nima ötayotganini bilmagan edim”, - ta'kidladi di Kaprio.
Di Kaprioning bu intervyusi YouTube’da 660 ming marta tomoşa qilindi.






