Hindistonning Mumbay şahrida öğrining oşqozonidagi tilla zanjirni unga bananlarni majburlab yediriş orqali çiqarib olişdi. Bu haqda The Hindustan Times xabar bermoqda.
Voqea megapolis çekkasida joylaşgan Gxatkopar baliq bozorida sodir bölgan.
Ma'lum qilinişiça, 25 yoşli Gopi Gxavar ayoldan tilla zanjirni öğirlab, qoçib ketgan. Xaridor va sotuvçilar uni quvlab tutişgan va döpposlay ketişgan. Politsiya patruli ularni töxtatib qolgan.
Jabrlangan Gxavar mahalliy kasalxonaga olib kelindi. U rentgen yordamida 25 gramm oğirlikdagi zanjirni yutib yuborgani aniqlandi.
Şundan söng, Gxavar yotgan palataga bir savat banan olib kelişdi. Jinoyatçini tonggaça bananlar bilan “boqişdi”. Gxavar jami bölib 48ta bananni iste'mol qildi, şundan keyin uni hojatxonaga olib kirişgan va tört nafar politsiyaçi guvohligida undan öğirlangan tilla buyum taşqariga çiqarib olişgan. Jinoyatçini zanjirni antiseptik bilan yuvişga majbur qilişgan.
Mumbay politsiyasi organizmdan predmetlarni çiqarib oliş uçun bananlardan foydalaniş holati birinçi marta kuzatilmayapti. Biroq bu usul har doim ham istalgan natija bermaydi. 2015 yilning aprelida öğri Anil Yadavdan qiymati 60 ming hind rupiysi bölgan tilla zanjirni çiqarib oliş uçun u 50ta banan bilan “boqilgan”. Ayyorona reja muvaffaqiyatsiz böldi, çunki katta kulon Yadav içagiga tiqilib qoldi. Uç kundan keyingina muammo hal etildi: mana şu muddat davomida Anil maxsus parhezda böldi.
2015 yilning iyul oyida xuddi şunday operatsiya muvvafaqiyatli tarzda yakunlandi. Bahosi 30 ming rupiy (450 dollarga yaqin) bölgan “mangala sutra” (hind odatlariga köra kuyov kelinga töyda sovğa qiladigan taqinçoq)ni yutib yuborgan öğriga 20ta banan, iç keltiruvçi vosita va bir neça litr sut berilgaç, taqinçoq undan çiqarib olingan.






