2015 yilda Jizzax viloyatida 100 ming tonnadan ziyod meva, 50 ming tonnaga yaqin uzum, 360 ming tonnadan ortiq sabzavot, 240 tonna poliz mahsulotlari, jami bölib 827,7 ming tonna meva-sabzavot yetiştirildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
– 2016 yilda meva-sabzavot, poliz mahsulotlari yetiştirişni yanada köpaytiriş va uni eksport qiliş böyiça maxsus dastur işlab çiqildi, – deydi Jizzax viloyati hokimligi iqtisodiyot boşqarmasi boşliği Tohir Abdunazarov. – Unga köra, joriy yilda 977,3 ming tonna meva-sabzavot, poliz, kartoşka va uzum yetiştiriş rejalaştirilgan.
Şundan 45,8 ming tonna meva-sabzavot eksport qilinadi. Buning uçun 2016 yilda 14,5 ming gektar maydonda sabzavot, 8,5 ming gektar maydonda poliz mahsulotlari, 3,1 ming gektar yerda kartoşka yetiştiriladi. 13,6 ming gektar boğ va 4,9 ming gektar tok qator oralarining 6,2 ming gektariga sabzavot ekiladi.
2016 yil uçun tuzilgan mazkur dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oşirişga ötgan yilning kuzidan boşlab kirişildi. Viloyat qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi ma'lumotlariga köra, 2015 yilning noyabr-dekabr oylarida 2 ming 450 gektardan ortiq maydonga töqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekilgan. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, bunday usulda ekilgan sabzavot uruği erta köklamda barvaqt unib çiqadi, tez rivojlanadi. Uruğ ekilgan egatlar ustiga mahalliy öğit, qipiq taşlansa yoki plyonka bilan qoplansa, nihol yanada tez ösadi. Natijada uşbu ekinlar erta bahorda ekilganiga qaraganda 30-40 kun oldin yetiladi. Hosildorlik 15-20 foiz ortadi.
Mavjud 13 ming 551 gektar boğning 13 ming 85 gektari qator orasi haydalib, suğorildi, mahalliy öğit va mineral öğitlar bilan oziqlantirildi. Ayni paytda boğlarda zararkunanda haşarotlarga qarşi işlov, daraxtlarga şakl beriş işlari davom ettirilayotir.






