Özbekistonda milliy armiya hayotini aks ettiradigan yangi jurnal ta'sis etiladi. Bu haqda «Jahon» axborot agentligi 11 yanvar kuni Toşkentdagi Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvon saroyida bölib ötgan tadbir çoğida berilgan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.
Mudofaa va harbiy quriliş, milliy armiyani isloh qiliş va rivojlantiriş sohalarida erişilayotgan muvaffaqiyatlarni aholi örtasida yanada keng tarğib etiş maqsadida «Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlari» nomli maxsus jurnalni naşr etiş rejalaştirilmoqda. Birinçi bosqiçda u özbek tilida naşr etiladi va keng jamoatçilik örtasida tarqatiladi.
Eslatib ötamiz, hozirgi kunga qadar Mudofaa vazirligi tomonidan «Vatanparvar» gazetasi naşr etilib kelinmoqda.






