Keça Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasida “11 yanvar - Milliy boğlar va qöriqxonalar kuni”ga bağişlangan “Özbekiston: muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi” mavzuidagi davra suhbati bölib ötdi. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar berdi.

Qömita rahbarlari tadbirni oçar ekan, mazkur sana bilan iştirokçilarni qutladilar. Ta'kidlanganidek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi ösimlik va hayvonot dunyosining köplab, şu jumladan, yöqolib borayotgan vakillarini saqlab qoliş hamda tiklaşda hal qiluvçi öringa ega.

Qöriqxonalar haqli ravişda olimlar uçun keng kölamli ilmiy-tadqiqot işlarini ötkazişlari uçun tabiat labaratoriyalariga aylandi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini qöllab-quvvatlaş hamda kelgusida barqaror rivojlantiriş - barça bosqiçlarda, şu jumladan, mazkur hududlar faoliyatining holatini nazorat qilişga mas'ul barça tegişli idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, xöjalik yurituvçi sub'yektlar uçun muhim vazifa hisoblanadi.

Özbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari, ularning bugungi kundagi holati töğrisidagi taqdimot bilan qömita Davlatbionazorati boşliği v.b. Ğayrat Muxamedov sözga çiqdi.

Ma'ruzaçi ta'kidlaganidek, 2004 yilda qabul qilingan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar töğrisida”gi qonuniga muvofiq, respublikada muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning 7 ta toifasi mavjud - davlat qöriqxonalari, majmua (landşaft) buyurtma qöriqxonalari, tabiat boğlari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obektlar va majmualarni saqlab qoliş, takror köpaytiriş va tiklaş uçun möljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landşaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boşqariş uçun möljallangan hududlar.

Xabar berilişiça, bugungi kunga kelib, 8 ta qöriqxona, 2 ta tabiat milliy boği, 1 ta Quyi Amudaryo biosfera rezervati, hayvonlarning noyob turlarining köpaytirişga ixtisoslaşgan "Jayron" ekomarkazi va 7 ta tabiat yodgorligi huquqiy davlat maqomiga ega. Şuningdek, mazkur bosqiçda "Saygaçiy" majmua buyurtma qöriqxonasiga huquqiy maqom beriş böyiça tegişli hujjatlarni kelişiş işlari olib borilmoqda. Uning maqsadi - sayğoqlar populyatsiyasini saqlab qolişdir.

ÖzDJTU talabasi Şohsanam Isoqjonova tayyorladi.