2015 yilda «Özfarmsanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi 14ta korxona tomonidan 67 turdagi yangi dori vositalari işlab çiqarilgan. Bu haqda taşkilot matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga köra, jami bölib 229,3 mlrd. sömdan oşiqroq, qariyb 5 mln. dona mahsulotlar işlab çiqarilgan.
67 xil dori vositalarining 26 tasi farmakoterapevtik guruhiga, 20 dori preparat esa asosiy dori vositalari guruhiga kiradi.
Bundan taşqari, «Asia Trade» MÇJ korxonasi umumiy miqdori 1 million donadan, qiymati 2 mlrd. sömdan ortiqroq bölgan 7 turdagi tibbiyot mahsulotlarini işlab çiqarişni boşladi.
Şuningdek, yana beşta tadbirkorlik sub'yektlarida 34 turdagi biologik faol qöşimçalar va ösimlik çoylari işlab çiqarilişi yölga qöyildi. Buning natijasida uşbu yönalişda jami qiymati 956,2 mln. söm bölgan 666,4 ming dona mahsulot işlab çiqarildi.






