Janubiy Koreya öz yadro qurolini yaratmaydi va xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarini bajaradi, deya ma'lum qildi mamlakat prezidenti Pak Kin Xe Seuldagi matbuot anjumani çoğida.
6 yanvar kuni Şimoliy Koreya AQŞning tahdidlaridan himoyalaniş uçun öz vodorod bombasini yaratganini ma'lum qilgan edi. Şu munosabat bilan ayrim janubiy koreyalik siyosatçilar Janubiy Koreya ham özining yadro qurolini işlab çiqişi kerak, degan da'vo bilan çiqişdi.
Bunday takliflarga qanday munosabat bildirişi töğrisidagi savolga Pak Kin Xe: “ularni tuşunaman”, deya javob berdi va Janubiy Koreyaning xalqaro hamjamiyat oldida majburiyatlari mavjudligini, ularni bajariş lozimligini ta'kidlab ötdi.
“Yadrosiz dunyo Koreya yarim orolidan boşlanişi kerak. Yarim orolda yadro quroli bölmasligi lozim”, - dedi Pak Kin Xe. Şu bilan birga, u AQŞ Janubiy Koreyani “yadroviy soyabon” bilan himoya qilişini ham aytib ötdi.
Bir neça kun muqaddam esa amerikaliklar 10 yanvar kuni Janubiy Koreyaga Tinç okeanining Guam orolidagi bazasida turgan atom bombasini taşiydigan V-52 bombardimonçisini joylaştirdi.






