Amerika Qöşma ştatlari prezidenti Barak Obama 12 yanvar kuni kongress oldida an'anaviy yillik murojaati bilan çiqiş qildi.

U 2015 yil yakunlari va 2016 yildagi asosiy vazifalar töğrisida ma'ruza qilgan.

Uning ma'ruzasida dunyodagi özgarişlar sur'ati tezlaşib borayotganiga e'tibor qaratilgan.

"Biz favqulodda özgarişlar davrida yaşamoqdamiz. Bu özgarişlar bizning şaxsiy hayotimiz, bizning sayyoramiz va biz yaşayotgan dunyo bilan uzviy boğliqdir. Bu özgarişlar sifatida tibbiyotdagi kaşfiyotlarni ham, iqtisodiy qiyinçiliklarni ham keltiriş mumkin.

Prezidentning sözlariga köra, bu özgarişlar eng çekka hududlardagi qiz va ayollarning ta'lim olişiga şaroit yaratişi mumkin, lekin terrorçilik öçoqlari bunday kelajakka tösiq bölişi ham mumkin.
"Xohlaymizmi yöqmi, özgarişlar sur'ati tezlaşişda davom etadi", deydi Obama.

Uning qayd etişiça, "Amerika uruşlar va böhronlar davridan ötib kelgan, amerikaliklar işçilarning huquqlaridagi adolat va fuqarolik huquqlari uçun kuraşlar davrini boşdan keçirgan".

U amerikaliklar yana özgarişlar arafasida turgani, ehtimoliy qiyinçiliklar amerikaliklarni yanada kuçli qilişini ta'kidlagan.