13 yanvar kuni Özbekiston Davlat jahon tillari universitetining boş binosi foydalanişga topşirildi. Bu haqda Kun.uz sayti öz manbasiga asoslanib xabar qilmoqda.
2013 yildan boşlangan bunyodkorlik işlaridan söng 7 qavatli ma'muriy, 2200 örinli ikkita öquv binosi butunlay yangidan qurildi. Avval rektorat binosi bölgan uç qavatli inşoot esa kapital rekonstruksiya qilinib, kutubxona, öquv zali va kompyuter markaziga aylantirildi.

Bundan taşqari, Tarjimonlik hamda Ingliz tili 3- fakulteti binolari ham kapital ta'mirdan çiqarildi. Barça binolar zamonaviy öquv jihozlari, kompyuter, multimedia vositalari va boşqa zarur inventarlar bilan ta'minlandi.

Talaba va professor-öqituvçilarning sport bilan şuğullanişlari uçun esa zamonaviy şart-şaroitlarga ega sport zali foydalanişga topşirildi. Qöşimça ravişda, oçiq havoda futbol, volleybol, katta tennis öynaş uçun maydonlar, yuguriş yölagi va tomoşabinlar uçun örindiqlar ham bunyod etildi.




Suratlar muallifi: Rasuljon Muhammadjonov






