Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining boş binosi mukammal ta'mirdan söng foydalanişga topşirildi. Bu haqda ÖzA xabar qildi.

Xabarda keltirilişiça, ta'mirlaş işlariga 13 milliard 150 million sömdan ziyod mablağ sarflandi. Öquv binosi zamonaviy öquv-uslubiy uskunalar bilan töliq jihozlandi.

– Manzilli dasturga köra, joriy yilda ham bunyodkorlik işlari davom ettiriladi, – deydi universitet rektori Murod Jumanov. – 2 öquv binosi, axborot-resurs markazi, 2 talabalar yotoqxonasi rekonstruksiya qilinib, 24x42 hajmdagi sport majmuasi yangidan bunyod etiladi.

Bugungi kunda universitetning 10 fakultetida 7 ming 800 dan ziyod talaba-yoşlar zamonaviy şaroitlarda tahsil olmoqda. Talabalar orasida 5 nafar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, 6 nafar Mirzo Uluğbek nomidagi, 11 nafar Alişer Navoiy nomidagi va 40 dan ziyod Berdaq nomidagi davlat stipendiyasi sohiblari bor.

Şuningdek, sportning turli yönalişlari böyiça 1 nafar jahon va 4 nafar Osiyo çempioni, 27 nafar Özbekiston çempioni öquv dargohining faxri hisoblanadi.

Tadbir doirasida universitetning texnika fakulteti talabalari tomonidan yaratilgan quriliş loyihalari, inşootlar maketi va tasviriy san'at işlarining körgazmasi taşkil etildi.

Suratlar muallifi: Maqsad HABIBULLAYeV