12 yanvar kuni tarmoqda Şahzodaning rejissyor uçun işlangan klipi e'lon qilindi. Mazkur klipni özbek kino tarixida öziga xos yangilik deya hisoblanayotgan “Baron” kartinasining treyleri sifatida qabul qilsa ham böladi.

Klipda filmdan ayrim parçalarni köriş orqali u haqda dastlabki taassurotga ega bölişingiz mumkin. Klipda kuylangan “Sirdoşim” deb nomlangan qöşiq matni va musiqasi esa Nodira Abdulazizovaga tegişli.

Eslatib ötamiz, Rustam Sa'diyevning “Baron” filmida maşhur gollivud aktyori Ğasson Ma'sud, Rossiya xalq artisti Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Pavel Priluçniy va “Brigada” serialida rol ijro etgan Farhod Mahmudov ham filmda qatnaşgan.

Avvalroq esa Kun.uz sayti “Baron” filmi töğrisida uning rejissyori Rustam Sa'diyevdan intervyu olgan edi. Mazkur suhbatni quyidagi havol orqali mutolaa qilib, uşbu kartina töğrisida batafsil ma'lumot olişingiz mumkin.