Özbekiston prezidenti, mamlakat Qurolli Kuçlari boş qömondoni Islom Karimov 14 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganiga 24 yil tölişi munosabati bilan Vatan himoyaçilariga yöllagan bayram tabrigida harbiy xizmatçilarni mintaqadagi vaziyatni hisobga olgan holda ehtimoliy harbiy töqnaşuvlarga tayyor turişga çaqirgan.
"Vujudga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatni, zamonaviy harbiy san'at sohasidagi yutuqlar va harbiy quriliş borasida töplagan tajribamizni, şuningdek, yuz berişi mumkin bölgan harbiy harakatlar teatrining öziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, milliy armiyamizning taşkiliy tuzilişi va jangovar tarkibini, qöşinlarni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş lozim.
Özbekistonga qöşni mintaqalarda vaziyat doimiy ravişda özgarib, tahdidlar kuçayib borayotgan, mamlakatimiz hududiga turli bosqinçi tödalar va qöporuvçi guruhlarning suqilib kiriş ehtimoli istisno etilmayotgan bir şaroitda harbiy tuzilmalarni, birinçi navbatda, xavf-xatar yuqori bölgan operatsion yönalişlarda yanada mustahkamlaş va safarbar etişga ustuvor ahamiyat beriş zarur", deydi prezident.






