Şaxsiy kompyuterlarning xarid körsatkiçlari 2015 yilning oxirgi çoragida 2007 yildan buyon eng past darajaga tuşib ketdi. Öşa yili Apple tomonidan bozorga ilk bora iPhone çiqarilgan edi. Hozirlikda esa smartfonlarning köpligi, Xitoyning zaiflaşuvi, dollarning mustahkamlanişi bunga olib kelmoqda, deb hisoblaydi RBK naşri.
Statistik ma'lumotlar International Data Corp tahlilçilari tomonidan işlab çiqildi. IDC tahlilçisi Jyey Çou bergan ma'lumotga köra, 2015 yilda işlab çiqaruvçilar jami 276.2 mln dona mahsulotni bozorga çiqarişgan. Tuşiş 10.4 foizni taşkil qilgan.
The Wall Street Journal naşrining xabar berişiça, Yevropada mazkur vaziyat tufayli kompyuterlarning narxlari oşib ketgan.






