Turkiyaning janubi-şarqiy qismidagi Diyorbakir viloyatida politsiya bölimi binosi oldida portlaş sodir etildi. Mahalliy naşrlarning xabariga köra, avtomobilga örnatilgan portlovçi qurilmaning harakatga keltirilişi orqali amalga oşirilgan bu terakt qurbonlari soni ayni vaqtda 5 nafar, yana önlab kişilar jarohatlangan.

Qayd etilişiça portlaş hududidan 36 kişi jarohatlangan holda şifoxonaga keltirilgan.

Hozirça bu terakt uçun javobgarlikni heç qaysi guruh öz zimmasiga olmagan. Turkiya hukumati bu terakt Kurdiston işçi partiyasi tomonidan amalga oşirilganini şubha qilmoqda.

Qayd etiş kerakki, bu joriy hafta davomida Turkiyada sodir etilgan ikkinçi terakt böldi. 12 yanvar kuni Istanbul şahrining Yevropadagi qismida joylaşgan Sultonahmad maydoni hududida kuçli portlaş sodir böldi. Hodisa oqibatida 10 kişi halok böldi va 17 kişi yaralandi. Qurbon bölganlarning 8 nafari Germaniya fuqarolaridir. Şuningdek, sayyohlar gavjum bu hududdagi terakt tufayli Peru, Norvegiya hamda Janubiy Koreyadan kelgan sayyohlar jabrlangan.