2015 yilda bojxonaçilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar bilan hamkorlikda 20 mingdan ortiq qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Natijada qiymati 70 mlrd. sömdan ortiq bölgan tovar-moddiy boyliklar daliliy aşyo sifatida uşlab qolindi. Ötgan yilda davlat byudjyetiga undirilgan bojxona tölovlari 2014 yilga nisbatan 4 foizga köpayişiga erişilgan. Bu haqda qömita axborot xizmati xabar bergan.

"2015 yil davomida xizmat faoliyati uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, sidqidildan va vijdonan xizmat qilayotgan xodimlarni munosib rağbatlantiriş işlari maqsadida Nukus, Termiz, Bekobod şaharlarida, bu yilgi Vatan himoyaçilari kuni arafasida esa Angren şahrida bojxonaçilar uçun yangi xizmat uylari qurilib foydalanişga topşirildi", deyiladi xabarda.