Eron hukumati Arak şahridagi yadroviy reaktorini sement bilan kömib taşladi. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti boş kotibi Jon Kerriga asoslanib, Reyter agentligi xabar bergan.

Bu yadro reaktori faoliyati butunlay töxtatilişi 2015 yilning yozida "oltilik" (AQŞ, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya) va Eron hukumati örtasida amalga oşirilgan yadroviy dastur böyiça kelişuv şartlarida biri edi.

Bundan oldinroq, AQŞ Davlat departamenti rahbari Jon Kerri yaqin soatlar içida Eronning Arakdagi yadro reaktori kömib taşlanişi haqida xabar bergandi.

AQŞ Davlat departamenti Eron yadro dasturi ustidan nazorat turli yönalişlar böyiça 10 yildan 25 yilgaça davom etişini aytgan.

Eronga qarşi sanksiyalar 15 yanvarda olib taşlanişi mumkin