AQŞ Kinoakademiyasi “Eng yaxşi aktyor” nominatsiyasi böyiça Oskarga nomzodlarni e'lon qildi.
Nomzodlar orasida biroz oldinroq "Omon qolgan" filmidagi roli uçun "Oltin globus" olgan amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio nomi ham bor.
Şuningdek, Brayan Krenston («Trambo»), Mett Deymon («Marslik»), Eddi Redmeyn («Daniyadan kelgan qiz») va Maykl Fassbender («Stiv Jobs») ham ğoliblikka da'vogarlar qatorida.


Qayd etiş kerakki, di Kaprio 1994, 2005, 2007 va 2014 yillarda "Gilbert Greyp", "Aviator", "Qonli olmos", "Uoll-Strit börisi" kabi filmlaridagi iştiroki uçun "Eng yaxşi aktyor" va "Eng yaxşi prodyuser" yönalişlarida jami 6ta "Oskar"ga da'vogarlik qilgandi.
"Ikkinçi plandagi eng yaxşi erkak" nominatsiyasi böyiça mukofotga nomzodlar qatorida esa Kristian Beyl («Katta qisqariş»), Mark Ruffalo («Diqqat markazida»), Mark Raylans («Josuslar köprigi»), Silvestr Stallone («Krid: Rokkining merosi»).
Bir neça kun oldin Stallone "Oltin globus" mukofoti bilan taqdirlangandi.
«Oskar» mukofoti bilan taqdirlaş marosimi 2016 yil 28 fevral kuni bölib ötadi.
«Omon qolgan»: nima uçun Leonardo Di Kaprio albatta “Oskar”ga ega böladi
Kun.uz saytidan di Kaprio ijrosidagi “Omon qolgan” filmiga taqriz






