Özbekiston hukumati 6ta ma'muriy markaz rivojlantiriş rejalarini qayta körib çiqişga körsatma berdi. Uşbu röyxatda Nukus, Andijon, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Namangan bor, deb xabar beradi Sputnik agentligi Davlat arxitektura va quriliş qömitasiga tayangan holda.
Aytilişiça, yangi parametrlar şaharlarning uç bosqiçda rivojlantirilişini közda tutadi. 2017 yilda Samarqand va Andijon uçun, 2018 yilda Buxoro va Nukus uçun, 2019 yilda Navoiy va Namangan uçun yangi loyihalar tayyor böladi.
Yangi dasturda vazifalar tört taşkilot örtasida taqsimlanadi. Endilikda makroprognozlaş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş hisob-kitoblarini olib boradi, ijtimoiy tadqiqotlar instituti ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirişi istiqbollarini örganib boradi. Hududiy sanoatni rivojlantiriş prognozlari “Özoğirneftgazkimloyiha”ga, qişloq xöjaligi dalalari tarkibini aniqlaştiriş esa “Özdaverloyiha”ga topşirildi.