Amerika harbiy dengizçilari Fors körfazida “navigatsion xatolik” sababli Eron suvlariga kirib qolgan, dedi Pentagon rahari Eşton Karter. Uning sözlarini Reuters yetkazdi.

“Ular va ularning qömondonlari bizga taqdim etgan ma'lumotlarga köra, dengizçilar tasodifan adaşib, navigatsion xatolik sababli Eron suvlariga kirib qolişgan”, - deya xabar berdi u.

Uning sözlariga köra, mazkur tuşuntiriş bölib ötgan hodisa “oddiy vaziyat” ekanini tasdiqlaydi.Bundan avvalroq esa AQŞ davlat departamenti Erondan uzr söraş uçun heç qanday sabab yöqligini ma'lum qilgan edi.