Rossiyada Turkiyaning kompaniyalariga, agarda ularning örnini egallaydigan muqobil bölmasa yoki bu juda qimmatga tuşsa, sanksiyalarni çetlab ötib, işlaşda davom etişiga ruxsat beriladi.
Bu boradagi loyiha normativ huquqiy aktlar federal portalida jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Iqtisodiyot vazirligi hukumat qarori loyihasini tayyorlagani xabar qilinmoqda. Unga köra, amaldorlar har bir konkret şartnoma böyiça javobgar böladilar: ular istisno tariqasida tuzilgan şartnomalar reyestrini tuzib, rahbariyatga taqdim etadilar.
Tovarlar yetkaziş böyiça şartnomalar uçun iqtisodiy rivojlaniş böyiça hukumat komissiyasi, xizmat körsatiş şartnomalari uçun iqtisodiyot vazirligi qoşidagi idoralararo komissiya javob beradi.






