“Gazpromeksport” “Turkmangaz” davlat konserniga rasmiy tarzda mamlakatlar örtasidagi gaz oldi-sotdi şartnomasining 2016 yilning 1 yanvardan boşlab, bir tomonlama tartibda muddatidan avval töxtatilişi haqida rasmiy tarzda ma'lumot berdi, deyilmoqda turkman kompaniyasiga berilgan xabarda.

Avvalroq davlat konserni rahbariyati tomonidan “Turkmangaz” “Gazprom” bilan Rossiyaga gaz yetkazib beriş böyiça muzokaralar olib borişga tayyor ekanligi ma'lum qilingan edi.

Ma'lumot uçun, 2008 yildagi jahon moliyaviy inqiroziga qadar Rossiya turkman gazining asosiy xaridori bölgan. Öşa vaqtda Turkmaniston Rossiyaga yiliga qariyb 50 milliard kub metr miqdoridagi tabiiy gazni yetkazib bergan. Inqiroz tufayli uşbu miqdor yiliga 10 milliard kub metrga tuşgan bölib, 2015 yilda esa 4 milliard kub metrni taşkil etdi.