Özbekistonda YaIM ösişi 2015 yilda 8 foizga teng böldi. Bu haqida Özbekiston prezidenti Islom Karimov 15 yanvar kuni ötkazilgan Vazirlar Mahkamasining ötgan yil yakunlariga bağişlangan yiğilişida ma'lum qildi.

Davlat rahbarining sözlariga köra, ötgan yilda sanoat işlab çiqarişi 8 foiz, qişloq xöjaligi mahsulotlari — 6,8 foiz, özlaştirilgan investitsiyalar 9,5 foiz (2014 yildagi körsatkiçlar mos ravişda 8,3 foiz, 6,9 foiz va 10,9 foiz köriniişida bölgandi) ösişni körsatdi.

Prezidentning ma'lum qilişiça, 2015 yilda xorijiy investitsiyalarning Özbekiston iqtisodidagi uluşi 3,3 milliard dollarni taşkil qildi. Şundan 73 foizi töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hisoblanadi. Ötgan yilda yuqori texnologik va zamonaviy işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça 158ta investitsiya loyihasini amalga oşiriş tugallandi va bu işlar uçun 7,2 milliard dollar miqdoridagi mablağ yönaltirildi.

2016 yilgi YaIM ösişi 7.8 foizni taşkil qilişi kutilmoqda. Prognozlarga köra sanoat mahsulotlari işlab çiqariş 8.2 foizga, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş 6.1 foizga, kapital qöyilmalar hajmi 9.6 foizga ösişi nazarda tutilgan. Byudjyetning katta qismi ijtimoiy sohalar rivojlantirilişi uçun sarflanişi rejalaştirilgan.