Florida ştatidagi kollejlardan birining musulmon dotsenti Muhammad Zoxir Xon özining ismi sababli köp foydalanuvçili onlayn kompyuter öyini Paragon’da röyxatdan öta olmadi. Bu haqda NBC News ma'lum qildi.

Zoxir Xon öyin dasturiga özi haqidagi ma'lumotlarni kiritgandan keyin dastur bloklaş haqida xabar çiqargan: unda Zoxir Xon ismi Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi tomonidan qora röyxatga kiritilgani aytilgan.

Dastlab olim bu xakerlarning işi bölsa kerak, deb öylagan, biroq tez orada uning ismi haqiqatan ham terrorçilar va giyohvandfuruşlarni AQŞ fuqarolari bilan bitimlar tuzişdan mahrum qilişga möljallangan qora röyxatga kiritilgani aniqlangan. Röyxatga albatta olimning özi emas, balki uning pokistonlik adaşi kiritilgan bölgan.

Paragon öyinini işlab çiqqan Epic Games kompaniyasi Zoxir Xondan bu anglaşilmovçilik uçun uzr söragan va muammoni öyin dasturiga pullik kiriş kodining mukammal emasligi bilan tuşuntirgan hamda bu muammo yaqin orada hal qilinişini aytgan. Biroq olim bunday javobdan qoniqmagan: uning aytişiça, u köplab kompyuter öyinlarida öynaydi va ulardan heç birida avval bunday muammoga duç kelmagan.

Mutaxassislarning fikriça, muammo kengroq bölib, kompyuter öyinlarida röyxatdan ötiş bilangina çeklanib qolmaydi. Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi qora röyxatiga 6 mingga yaqin kişi kiritilgan bölib, ulardan ba'zilari haqida juda kam ma'lumot mavjud, ya'ni ularning faqatgina ismi va familiyasigina ma'lum. Ular orasida AQŞga Lotin Amerikasi va musulmon davlatlaridan kelganlar orasida keng tarqalgan ismlarga egalari ham bor. Öyin işlab çiquvçilari qonunga töliq böysunib, öyindan röyxatdan ötadiganlarning ismlarini qora röyxatdagi ismlar bilan soliştiradigan bölsalar, unda yangi muammolar paydo bölişi mumkin.

Paragon özida real vaqtda strategiya va rolli öyinni uyğunlaştirgan öyin bölib, bunday janrdagi öyinlarda öyinçilarning ikki guruhi bir-biri bilan bellaşadi.