“Kitob olami” markazida Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malikning “Hilol-naşr” naşriyotida çop etilgan “Mehmon tuyğular”, “Falak”, “Zulmat saltanati” kitoblarining taqdimoti bölib ötdi. Yozuvçi va kitobxonlar iştirok etgan uçraşuv mazmunli ötdi. Tohir Malik muxlislarning savollariga atrofliça javob berdi. Uçraşuv sönggida eng yaxşi savol egalariga muallifning sovğalari taqdim etildi.

Qadriyat.uz saytida keltirilişiça, Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malikning “Mehmon tuyğular” kitobiga jamlangan falsafiy fikrlarning ayrimlari bilan muxlislar «Iymonlaşiş umidi», «Toş qalblarga nazar solinmas» kabi töplamlari orqali tanişgan bölişlari mumkin. Mazkur kitobni naşrga tayyorlaşda adib köp yangiliklar kiritdi. Dunyoni tuşunişga xizmat qiluvçi yangi hikmatlar bilan boyitdi. Yozuvçi hayot falsafasiga doir kuzatişlari, fikrlarini töldirgan bu töplam ham kitobxonlarni befarq qoldirmaydi.

“Falak” asarlar töplamiga adibning fantastika tarzida va tarixiy yönalişda yaratgan asarlari kiritildi. Mazkur asarlar turli yillarda yozilgan bölsa-da, bu töplamga tartib beriş jarayonida tahrirlar, tuzatişlar va köşimçalar kiritildi.

“Zulmat saltanati” kitobida adib bizlarni eng yomon illat haqidagi suhbatga çorlaydi. Heç birimizga sir emaski, mayxörlikka, giyohvandlikka berilganlar, adaşgan bandalar orasida özimiz uçun eng ardoqli bölmiş insonlar – birovimizning ota-onamiz, birovimizning oğa-inilarimiz, yana birovimizning farzandimiz, yaqin yoki uzoqroq qarindoşimiz, qöşnimiz, hamkasbimiz... ham bor. Ehtimol ular hidoyatdan adaşganlarini bilarlar, ehtimolki, bilmaslar. Bilmaganlarga bildirib qöyiş vazifamiz emasmi? Ehtimol ular jaholat va gunohlar jaridan qutulmoqçilaru ammo töğri yölga çiqişga kuçlari yetmayotgandir. Ularga yordam qölini uzatib, iymonsizlikdan qutulişga kömaklaşiş burçimiz emasmi?

Suratlar manbasi: Qadriyat.uz