Özbekiston U-23 himoyaçisi, Oliy liganing "Buxoro" jamoasi a'zosi Maksimilian Fomin keça, 16 yanvar kuni U-23 Osiyo çempionati guruh bosqiçi 2-turida Iroq termasiga 2:3 hisobida boy berilgan öyindan keyin Feysbukdagi sahifasida muxlislarga haqoratli sözlar bilan tölgan murojaatini qoldirdi.

Quyida uning muxlislarga rus tilida yöllagan sökinçli sözlari yumşatib, tarjima qilingan:

“Sizlar, (sökinadi) internetda biz qançalik yomon futbolçilar ekanligimiz haqida yozayotganlar va postlar qoldirayotganlar, (sökinadi) çakagangizni yoping! Sizning özingiz kimsizlar? Hayotda heç narsaga erişolmagansiz, heç narsani körmagansiz (sökinadi). Ekran orqasiga bekinib, boşqalarning ustidan mağzava ağdarişdan boşqasi qöllaringdan kelmaydi (sökiniş). Haqiqiy muxlis bölganingizda (sökiniş) jamoangizga loy çaplaş uçun vaziyat kutmasdingiz. Muxlis mağlubiyatdan keyin ham, ğalabali öyinlardan keyin bölganidek bir xilda jamoani qöllab-quvvatlab turişi kerak. Sizlar esa özingizni ablahlardek tutyapsizlar! Agar siz yaramaslar (qattiq sökiniş) futbolni ozgina tuşunganlaringizda edi, bu oddiy öyin ekanini, bu öyinda har doim ham öylagan işing amalga oşavermasligini tuşungan bölardingiz. Şunday ekan, (yana sökiniş) bundan keyin biror narsa yozişdan oldin kallangiz işlatib, öylab köring. Bunaqa hayvonlik qilmasdan, odamligingizça qoling!”

"Kun qahramoni"ning bu murojaati u va uning safdoşlariga muxlislarning munosabatini yanada yomonlaştirsa yomonlaştirdiki, u istagan tomonga özgartirgani yöq.

"OTJ futbolçisining bu murojaati körsatib turibdi jamoadagi muhitning qanaqaligini", deydi fikr bildirganlardan biri.

Sport jurnalistlaridan biri, muxlis sifatida futbolçining "baqiriqlari"ning öziga ham qaratilganidan aziyat çekkan holda "Şaxsan men bolalarni ayblamagandim..." deya yozgan.

Post ostida fikr qoldirgan aksar muxlislar esa futbolçiga şu darajada va undan ortiq haqoratli sözlar bilan javob qaytarişgan.

Feysbukdagi sahifasiga maşhur ukrainalik murabbiy Valeriy Lobanovskiyning suratini joylab olgan bu futbolçining fotosuratlari orasida Osiyo çempionatiga tayyorgarlik sifatida Dubayda ötkazilgan yiğin vaqtida tuşirilgan surat ham bor. Unga "Seyças by pivka, dlya ryvka" deya nom qöyilgan.

Bu holatlar şuni körsatadiki, yoş futbolçilarning professional futbolçiga aylaniş bosqiçida muammolar yetarli. Muxlis bu futbolçilardan vatanparvarlik kutgani holda, öyin sönggigaça umid bilan televizordan közini uzmagani vaqtida ular öz irodasiz öyini bilan vatanni şarmanda qilgani yetmaganidek, ulardan biri şunday çiqiş qildi.

Kun.uz sayti muxlislar nomidan ÖFF tartib-intizom qömitasini bu yoş futbolçining bu harakatini körib çiqiş hamda bundan keyin bu holat takrorlanmasligi uçun kerakli işlar olib borişga çaqiradi. Bunday çoralar nafaqat futbolning, balki futbolçilarning özi uçun ham foydadan xoli bölmaydi. 

Qayd etiş joizki, bir neça yil oldin, Meksika maydonlaridagi jahon çempionatidan keyin Özbekistonga özini "yulduz futbolçi" hisoblab qaytgan Temur Hakimovga ham şunday çoralar körilgan, u keyingi faoliyatini quyi liga jamoalarida ötkazgandi. Bugunda u bir qadar "öziga kelib qolganini" hisobga olinsa, Fomin bilan ham şunday samaraga erilişişiga umid qiliş mumkin.