2013 yilda Kökşetov-Olma-ota reysini amalga oşirgan SCAT aviakompaniyasi CRJ-200 samolyoti aviahalokati böyiça sud işi asosiy taxminlarni e'lon qildi. Uçuvçilarning ingliz tilini kuçsiz darajada bilişlari samolyotni halokatga olib kelgan sabablardan biri sifatida qayd etilgan.
Naşriyot muxbiri bergan xabarga köra, SCAT uçiş xizmati direktori lavozimini 2007 yildan beri egallab kelayotgan Vyaçeslav Artemenko uçiş işini töğri taşkil etmaganlikda ayblanmoqda. Prokurorlar ma'lumotlariga köra, Artemenko halok bölgan uçuvçilarni öqitiş va malakasini oşirişni kerakli tarzda ta'minlamagan. Havo kemasi komandiri Vladimir Yevdokimov va ikkinçi uçuvçi Aleksandr Şarapov ingliz tilini yaxşi bilişmagan. Bu esa CRJ-200ni boşqariş böyiça öquv materialini özlaştirişga xalal bergan.
Prokurorning ma'lum qilişiça, Yevdokimovning uçiş-ştab hujjatlarida haqiqiy bölmagan sertifikat nusxasi ilova qilingan. Unga köra, Yevdokimov IKAO şkalasi böyiça zarur bölgan umumiy va aviatsion ingliz tilining törtinçi darajasini namoyiş etgan. Işni körib çiqiş jarayonida yana şu ma'lum böldiki, aviakompaniyada mehnat va dam oliş rejimi tizimli tarzda buzib kelingan. Xususan, har yillik mehnat ta'tili vaqtida ekipaj xorijiy til öquv markazida ta'lim olgan.
SCAT uçiş xizmati direktoriga Qozoğiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 344 moddasi “Ehtiyotsizlikka köra ikki yoki undan ortiq şaxs halokatini keltirib çiqargan harakat xavfsizligi qoidalari yoki havo transportidan foydalaniş qoidalarini buziş”ga köra, 4 yildan 10 yil muddatgaça ozodlikdan mahrum etiş közda tutilmoqda.
Eslatib ötamiz, 16ta yölovçi va ekipajning 5 nafar a'zosini hayotdan olib ketgan aviahalokat 2013 yilning 29 yanvarida Qiziltu posyolkasida sodir bölgan edi. Qozoğistonning boş transport prokuraturasi samolyot halokatining jinoyat işini sudgaça bölgan örganiş jarayoni yakunlanganini ma'lum qildi. Unga köra, halokatga yomon köriniş şaroitida ekipajning ikkinçi aylanaga ketişidagi xato harakatlar asosiy sabab bölgan.






