Transfer huquqi «Liverpul»ga tegişli bölgan, ayni vaqtda «Milan»da ijara asosida öynayotgan italiyalik hujumçi Mario Balotelli faoliyatini Angliyaning «Vest Hem» jamoasida davom ettirişi mumkin.

Brentwood Gazette naşrida yozilişiça, londonliklar bu futbolçi uçun 10 mln funt taklif qilmoqçi.

Qayd etilişiça, «Vest Hem» jamoasining asosiy hujumçilari Endi Kerroll va Manuel Lansini jarohat olgani tufayli yangi hujumçiga ehtiyoj sezmoqda. Bundan taşqari «bolğaçilar» zaxiradagi hujumçisi Nikitsa Yelaviç uçun Xitoyning «Şanxay Şenxua» jamoasidan berilgan taklifni rad etgan.